
"Manchester Siti" Virts uchun "Real" va "Bavariya" bilan kurashmoqchi
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virts "Manchester Siti" radarida qolmoqda. Angliya grandi 2025 yil uchun tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.
Jurnalist Pol Xirstning so‘zlariga ko‘ra, "shaharliklar" rahbariyati 21 yoshli "farmatsevtlar" yulduzini o‘z safiga qo‘shib olish yo‘llarini qidirmoqda. Bundan tashqari, Madridning "Real"i va Myunxenning "Bavariya" klublari ham Virtsga davogarlik qilmoqda.
Ma’lumot uchun, germaniyalik hujumkor yarim himoyachining "Transfermarkt" portalidagi qiymati 130 million evroga baholanmoqda. U joriy mavsumda 23 o‘yinda o‘nta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar