"Manchester Siti" yulduzi jamoani tark etishi mumkin
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
"Fichajes" nashri bergan xabarlarga koʻra, portugaliyalik futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq, 31 yoshli havbek uchun "Galatasaroy" va Saudiya Arabistoni klublari ham xaridor boʻlayotgani haqida mish-mishlar paydo boʻlgan edi. Biroq, Turin klubi Silva uchun asosiy favorit hisoblanyapti. Bernarduning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakuniga yetadi. Futbolchi 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Maʼlumot uchun, havbek joriy mavsumda umumiy 28ta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar