
“Manchester Siti” yulduzi katta maoshga ko‘nmay turibdi
“Manchester Siti”ning o‘yin uslubida Rodri katta ahamiyat kasb etadi. Bu o‘yinchi yoshi 28 ga etganida assoiy figuralardan biri sifatida e’tirof etila boshladi.
Evropa chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga ega chiqqan yarim himoyachining transfer narxi 130 million evroga ko‘tarildi.
Ayni paytda “Real” Rodriga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Shaharliklar” ham etakchi o‘yinchini o‘zida saqlab qolmoqchi.
“Manchester Siti” ispan futbolchisiga yangi bitim bergan. Agar Rodri uni imzolasi, har mavsum uchun 23,5 million evrodan maosh oladi. Biroq tajribali charm to‘p ustasi katta summaga uchgani yo‘q. U hujjatni imzolashdan avval klub bilan shartnomasi yakunlanayotgan bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning kelajagiga aniqlik kiritilishi, o‘zining loyiha markazida qolish imkoniyatlari kabi bir qator omillarga aniqlik qiritib olmoqchi.
Fikrlar