Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Siti" yulduzlari 115 bandli ayblov hukmidan so‘ng klubdan ketmoqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu ketishda klub parokanda bo‘ladi

«Manchester Siti» jiddiy xavf ostida. «Manchester Siti» atrofidagi moliyaviy mojaro tobora kuchaymoqda. Ilgariroq klubga qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha qoidalar buzilgani tasdiqlangani aytilgandi. Endi esa jamoani qattiq jazolar kutmoqda.

Mutaxassislar fikricha, «shaharliklar» katta miqdorda jarimaga tortilishi, hatto ligadagi maqomini yo‘qotib, pastroq divizionga tushirilishi mumkin. Shuningdek, oldin qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonlaridan mahrum etish varianti ham muhokama qilinmoqda.

Shu vaziyat ortidan «Manchester Siti» tarkibidagi bir qator yetakchi futbolchilar klubni tark etish haqida o‘ylayapti, deya xabar bermoqda The Touchline nashri. Manbalarga ko‘ra, o‘yinchilar ehtimoliy oqibatlar va o‘z kelajagi borasida jiddiy xavotirga tushgan.

Shu bilan birga, jamoa sport natijalari jihatidan hozircha muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. Joriy mavsum Angliya premyer-ligasida besh turdan so‘ng «Manchester Siti» 15 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q