"Manchester Siti"da birinchi raqamli darvozabon aniqlandi
22 yoshli Jeyms Trafford — "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi — bu yozda klubga qaytdi. "Byornli" uning transferi uchun 27 million funt oldi.
"The Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, kelasi mavsumda angliyalik darvozabon "shaxarliklar"ning birinchi raqamli posboni bo‘lishi kutilmoqda.
Biroq, vaziyat Janluiji Donnarumma transferi amalga oshsa, o‘zgarishi mumkin. Bunday holda Trafford va Italiya terma jamoasi darvozaboni o‘yin vaqtini bo‘lib olishi ehtimoli bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Manchester Siti" Donnarummaning agenti bilan muloqot olib borgan, ammo klublar o‘rtasida hali rasmiy aloqa o‘rnatilmagan.
Fikrlar