"Manchester Siti"da eng ko‘p va eng kam maoshni kimlar oladi?

  • 7 yanvar, 2020, 20:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko jamoaning eng kam maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiradi.

Spotrac nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ukrainalik futbolchi yiliga 1,2 million evro maosh oladi. Undan faqatgina “shaharliklar”ning o‘z tariyalanuvchisi Fil Foden kam maosh oladi xolos – 733 ming evro.

“Siti”ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari uchligiga esa Kevin de Bryuyne (21,4 mln), Raxim Sterling (18,3 mln) va Serxio Aguero (14 mln) kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!