"Manchester Siti"ga qarshi o‘yin oldidan "Tottenxem" safida jiddiy yo‘qotishlar bor

  • 15 aprel, 2019, 15:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi safida "Manchester Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL chorak final javob bahsidan oldin jiddiy yo‘qotishlar mavjud.

Tecno

"Shporlar" ustozi Maurisio Pochettinoning so‘zlariga ko‘ra “Etixad”dagi o‘yinni Dele Alli va Xarri Uinkslar o‘tkazib yuborishi mumkin. Ularning har ikkalasida ham jarohat bor.

Jamoa to‘purari Xarri Keynda esa jarohat jiddiy. Uning bu mavsum boshqa maydonga tushmasligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” o‘z maydonida kechgan dastlabki o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" - "Tottenxem" uchrashuvi 17 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!