“Manchester Siti”ni ayblagan APL 2,5 milliard yo‘qotishi mumkin
"Manchester Siti"ning fikricha, klubning Angliya Premier-ligasi moliyaviy qoidalarini buzganlikda ayblangan 115 ta ishi bo‘yicha hukm chiqarilishi kechiktirildi, chunki buning oqibatlari APLga 2,5 milliard funt sterlingga (2,8 milliard yevro) tushishi mumkin. Bu haqida The Touchline X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar "shaharliklar" Angliya chempionatidan chetlatilsa, hujumchi Erling Holand, shuningdek, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kabi katta nomlar turnirni tark etadi. Telekanallar APL bilan shartnomalarni bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi, bu esa unga 2,5 milliard funt sterlingni "bir zumda" yo‘qotishga olib keladi.
Premier-liga "Manchester Siti"ga 2023 yil fevral oyida liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda rasmiy ayblov qo‘ydi. APL hujjatida 115 ta band bor edi.
Fikrlar