“Manchester Siti”ning avgustdagi eng zo‘r o‘yinchisi aniqlandi
Yarim himoyachi Rayan Sherki avgust oyi yakunlariga koʻra “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. Bu haqida “shaharliklar”ning rasmiy sayti xabar berdi.
Oʻtgan oyda futbolchi “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda (2:1) ikkita golli uzatma amalga oshirdi va “Kristal Pэlas” bilan oʻyinda (4:1) ikki gol urdi.
Rayan Sherki 2025 yil yozidan buyon “shaharliklar” sharafini himoya qilmoqda. Yarim himoyachining klub bilan shartnomasi 2030 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar