
"Manchester Siti"ning ikki futbolchisi "Barselona"ning ushbu transfer oynasidagi asosiy maqsadi
"Barselona" transferlar oynasining qolgan kunlaridagi ikki transferni amalga oshirishga qaror qildi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, ko‘k-anorranglilar "Manchester Siti"ning ikki futbolchisi - o‘ng qanot himoyachisi Joau Kanselo va yarim himoyachi Bernardu Silvani qo‘lga kiritish uchun bor kuchlarini sarflaydi.
Hozirda ikkala kelishuv ham murakkab ko‘rinadi, chunki "Manchester Siti" bu futbolchilarning har biri uchun 60-70 million evro talab qilmoqda. "Barselona" moliyaviy inqiroz sharoitida bunday pulni to‘lashga qurbi etmaydi, biroq rahbariyat hali ham shartnomalar tuzish yo‘llarini izlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi bu yil yozda Ilkay Gyundogan va Inigo Martinesni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi.
Fikrlar