“Manchester Siti”ning moliyaviy nayranglaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan klub nomi ma’lum bo‘ldi

  • 17.10.2026 11:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Tottenxem» klubi «Mançester Siti»ning moliyaviy qoidabuzarliklaridan eng ko‘p zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining mustaqil komissiyasi «Mançester Siti»ni 2009–2018 yillar davomida sodir etilgan moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha qo‘yilgan barcha ayblovlar bandlari yuzasidan aybdor deb topgan.

Ushbu davrda «Mançester Siti»dan tashqari yana 35 ta jamoa Premyer-ligada ishtirok etgan. «Shaharliklar»ning qoidabuzarliklari tufayli ayrim klublar chempionlik unvonlari, kuboklar, Yevropa musobaqalariga yo‘llanmalar va mukofot pullaridan mahrum bo‘lgan, ba’zilari esa hatto Premyer-ligadan tushib ketgan.

BBC har bir klub ko‘rgan zararni pul qiymatida baholab, eng ko‘p zarar «Tottenxem»ga yetgan, degan xulosaga keldi. London klubi qoidabuzarliklar sodir etilgan sakkiz mavsumning to‘rt tasida Chempionlar ligasi yo‘llanmasi beriladigan o‘rindan atigi bir pog‘ona pastda qolgan.

«Tottenxem» ko‘rgan zarar 119,9 million funt sterlingga baholangan. Ikkinchi o‘rinda Premyer-ligadan ikki marta tushib ketgan «Hall Siti» joylashgan — uning zarari 99 million funtni tashkil etgan.

Uchinchi o‘rinda «Everton» qayd etilgan. Liverpul klubi 2013/14 yildgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatidan, yana to‘rt marta esa Yevropa ligasi yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan. «Everton»ga yetkazilgan zarar 66,4 million funt sterling deb baholangan.

«Mançester Siti»ning qoidabuzarliklari tufayli boshqa klublar ko‘rgan umumiy zarar 844 million funt sterlingga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!