"Manchester Siti"ning yana bir hujumchisi "Barselona"ga o‘tishi mumkin

  • 8 iyun, 2021, 21:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning yana bir hujumchisi Raxim Sterling ham "Barselona"ga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ushbu transfer shu yoz amalga oshirilishi va unga "Barselona" o‘zining ayrim futbolchilarini qo‘shishi mumkin.

26 yoshli Sterling yakunlangan mavsum "Manchester Siti"da jami 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Bundan avvalroq “Manchester Siti” bilan shartnomasi yakunlangan argentinalik hujumchi Serxio Aguero “Barselona” bilan 2023 yilgacha shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!