Asosiy mazmunga oʻtish

Manchester superklubiga yangi murabbiy topildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu mutaxassisga imkon berishmoqchi

«Brayton» jamoasini boshqarayotgan yosh nemis mutaxassisi Fabian Hyurtseler «Manchester Yunayted» uchun yangi bosh murabbiy lavozimiga da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.

The Telegraph nashri ma’lumoticha, 33 yoshli murabbiy manchesterliklar boshqaruviga asosiy nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. Hozircha jamoa bilan Maykl Kerrik ishlayotgani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, «Brayton» rahbariyati Hyurtseler uchun «Manchester Yunayted»dan jahon futboli tarixidagi eng katta tovon pullardan birini talab qilishi mumkinligi aytilmoqda. 

Yosh mutaxassisning «Brayton» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Hyurtseler qo‘l ostidagi «Brayton» hozirgi paytda Angliya chempionati jadvalidа uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q