Manchester va London superklublari 15 yoshida rekord o‘rnataotgan vunderkindga xaridor

  • 15.09.2026 07:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

15 yoshli Gabriyel Raykovich rekordlarni yangilamoqda. Angliya Premier-ligasining beshta klubi 15 yoshli norvegiyalik vinger Gabriyel Raykovich bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manfaatdor jamoalar orasida «Manchester Yunayted» va «Arsenal» bilan bir qatorda «Manchester Siti», «Chelsi» hamda «Liverpul» ham bor. 

2025 yilda Raykovich Norvegiya chempionati oliy divizioni tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi — u 15 yosh va 20 kunlik paytida debut qilgan. Hozirda u «Volerenga» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Shunchaki 15 yosh bo‘lishiga qaramay, Raykovich kattalar futbolida allaqachon 14 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Uning hisobida uchta gol va bir golli uzatma mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!