«Manchester Yunayted» 100 million evrolik yarim himoyachiga qiziqishni qayta tikladi

  • 10.08.2026 14:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» yana bir bor «Kristal Pэlas» yarim himoyachisi, Angliya terma jamoasi a’zosi Adam Uorton nomzodiga qaytdi, deb xabar bermoqda Sports.kz CaughtOffside manbasiga tayanib.

 

Klub skautlari 22 yoshli futbolchini o‘yinni boshqarishga mas’ul, chap oyog‘idan yaxshi foydalanadigan yarim himoyachi sifatida ko‘rishmoqda. Uorton to‘pni oldinga olib chiqish va o‘yin sur’atini nazorat qilish qobiliyati bilan alohida e’tirof etilmoqda. Avvalroq «Manchester Yunayted» uning uslubi Kobbi Maynuga juda o‘xshashligi sabab transferdan voz kechgan edi, ammo hozir klub yana kurashga qo‘shildi.

 

«Kristal Pэlas» Uorton uchun 100 million yevro (taxminan 86 million funt) so‘ramoqda. Shu bois hozircha to‘liq muzokaralar boshlanmagan: mankunianliklar taxminan 70 million funt atrofida taklif berishga tayyor.

 

Adam Uorton uchun kurashda Maykl Karrik boshqaruvidagi jamoaga «Chelsi» va madridlik «Real» raqobat qilmoqda. Biroq London klubi qimmat transferni amalga oshirishdan oldin tarkibni qisqartirishi kerak bo‘ladi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval «Manchester Yunayted» yarim himoya chizig‘ini Andrey Santos va Yuri Tilemans bilan kuchaytirgan, shunga qaramay, klub yana bir markaziy yarim himoyachi izlashni davom ettirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!