"Manchester Yunayted" APLda 17 martdan so‘ng birinchi marta 3 ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi

  • 09.12.2025 02:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi 15-turning so‘nggi bahsida Ruben Amorim boshchiligidagi "Manchester Yunayted" safarda "Vulverxempton" bilan kuch sinashib, 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Uchrashuvning 25-daqiqasida Brunu Fernandesh manchesterliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanayotganda esa Jan-Rikner Belgard oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Ikkinchi bo‘lim avvalida Brayan Mbyomo "qizil iblislar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Brununing super uzatmasini Maunt golga aylantirgan holda, hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. 82-daqiqaga kelib Fernandesh 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi va o‘yinga nuqta qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, MYu APLda so‘nggi bor 17 mart kuni "Lester"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar bugungi g‘alaba orqali ochkolar sonini 25 taga etkazib olib, 6-o‘ringa ko‘tarildi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
29.png

Vulverhempton

  • Jean-Ricner Bellegarde 45'
Tugadi
1 : 4

09.12.2025 01:00

14.png

Manchester Yunayted

  • Bruno Fernandes 25'
  • Bryan Mbeumo 51'
  • Mason Mount 62'
  • Bruno Fernandes 82'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!