"Manchester Yunayted" APLda kuchli to‘rtlikka kira olmaydi

  • 24 aprel, 2022, 13:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinandning aytishicha, "qizil iblislar" kecha "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng mavsum yakunida kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatini yo‘qotgan.

Ferdinandning ta’kidlashicha, Manchester jamoasi aniq to‘rtlikka kira olmaydi, ular uchun hammasi tugadi. Rioning ta’kidlashicha, "Manchester Yunayted"ning ba’zi o‘yinchilari kurashuvchanlikni yo‘qotgan va ularning ko‘zlarida Chempionlar Ligasi zonasiga yopishib olish imkonini beradigan uchqun umuman yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar APLning 34-turida safarda “Arsenal”ga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ayni damda Ralf Rangnik shogirdlari premer-liga turnir jadvalida atigi oltinchi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!