"Manchester Yunayted" APLdan yana bir yarim himoyachini nishonga oldi

  • 16.06.2026 21:36
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fulxem" tayanch yarim himoyachisi Sander Berge "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, manchesterliklar 28 yoshli norvegiyalik futbolchining transferi imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, "Fulxem" ikki yil avval Bergeni 29 million yevroga sotib olgan va hozir futbolchini sotish orqali foyda ko‘rishni maqsad qilgan.

O‘tgan mavsumda tajribali yarim himoyachi barcha musobaqalarda jami 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.

Sander Bergening "Fulxem" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!