
“Manchester Yunayted” argentinalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardiga PSJ asosiy tarkibida joy yo‘q. Jamoa bosh murabbiyi Kristof Galte futbolchi o‘ziga yangi klub izlashi kerakligini aytdi.
“Tyc Sports” nashri xabariga ko‘ra, hujumchi faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Argentinalik futbolchiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
29 yoshli hujumchi Parij klubida 2020 yilning yozidan buyon to‘p tepib keladi. Uning shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning narxi 22 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar