"Manchester Yunayted" "Ayaks" yulduzini nishonga oldi

  • 20.11.2025 11:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" yarim himoyachisi Jorti Mokio "Manchester Yunayted" e’tiborini tortdi. 17 yoshli futbolchi Amsterdam klubidagi kelajagiga shubha bilan qaramoqda.

Niderlandiya grandi belgiyalik bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchi boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishni istamoqda. Jurnalist Sasha Tavolierining so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. "Nyukasl" va "Ayntraxt" ham yulduz uchun da’vogarlar qatorida.

Jorti 17 yoshiga qadar "Ayaks"ning asosiy jamoasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. "Transfermarkt" portali yarim himoyachining narxini 8 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!