
"Manchester Yunayted" "Bavariya" chap qanot himoyachisiga ko‘z olaytirmoqda
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Bavariya" himoyachisi hisoblangan Alfonso Devisni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Erik ten Xag himoyada raqobatni xohlayotgani sabab kanadalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Lyuk Shou so‘nggi mavsumlarda jarohatga moyilligi sabab "qizil iblislar" murabbiyi unga kam ishonch bildirmoqda. MYu mavsum boshida Devisdan tashqari "Chelsi" himoyachisi Ben Chilvellga ham katta qiziqish bildirgan edi.
Alfonsoni esa Madridning "Real" klubi bir necha mavsumdan beri o‘z tarkibiga olib kelish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Devis nemis klubi safida 205 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 32 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning hozirgi Transfermarktdagi narxi 50 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar