“Manchester Yunayted” bosh murabbiy masalasida kutilmagan qaror keldi

  • 12 iyun, 2024, 11:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni kelasi mavsumga qaysi murabbiy tayyorlashi ko‘pchilikni qiziqtirib kelayotgan edi.

Tecno

Klub bosh murabbiy lavozimiga bir necha nomzodni ko‘rib chiqdi va ularning aksariyati bilan muzokara ham o‘tkazib ko‘rdi.

The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteynning ma’lum qilishicha, klub xo‘jayinlari amaldagi bosh murabbiy Erik ten Xagni o‘z lavozimida qoldirishga qaror qilgan.

Manbaga ko‘ra, tez orada klub niderlandiyalik mutaxassis bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara boshlaydi.

Jamoani 2022 yilda qabul qilib olgan Jrik ten Xagning amaldagi bitimi 2025 yilning yozigacha tuzilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!