Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Manchester Yunayted» Brunu Fernandes bilan shartnoma borasida kelisha olmayapti

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Manchester Yunayted» Brunu Fernandesga oʻyinlar soniga qarab 2029 yilgacha bosqichma-bosqich uzayadigan yangi shartnoma taklif qilmoqda.

«Manchester Yunayted» va yarim himoyachi Brunu Fernandesh oʻrtasida yangi shartnoma borasidagi muzokaralarning tafsilotlari maʼlum boʻldi.

Avvalroq «qizil iblislar» portugaliyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish boʻyicha muzokaralarni boshlagani xabar qilingan edi.

Biroq TEAMtalk maʼlumotiga koʻra, hozircha tomonlar shartnoma muddati borasida kelisha olmayapti. «Manchester Yunayted» Fernandeshni jamoada saqlab qolishni juda xohlamoqda, ammo klubda yarim himoyachi kelgusi yillarda avvalgidek yuqori darajada oʻynay olmasligidan xavotirlanishmoqda.

«Qizil iblislar» futbolchiga shartnomani 2029 yilga qadar uzaytirishni taklif qilmoqda. Biroq kelishuvda muhim shart bor: futbolchining maydonda oʻtkazgan uchrashuvlari maʼlum miqdorga yetgan taqdirda, shartnoma muntazam ravishda uzaytirib boriladi.Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

32 yoshli Fernandesh joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda oʻz nihoyasiga yetadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q