“Manchester Yunayted”: Bu taklifni Xoland rad etolmaydi!
“Manchester Yunayted” rahbariyati yangi bosh murabbiy Ralf Rangnikka o‘zining sobiq shogirdi Erlig Xolandni olib kelish vazifasini yukladi va bu transfer amalga oshsa, germaniyalik mutaxassisga 10 million evro bonus to‘lashini ham ma’lum qildi.
Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasida 2022 yilning yozida hujumchini 75 million evroga xarid qilish mumkinligi haqida band bor. Biroq, norvegiyalik to‘purarni olmoqchi bo‘lgan jamoa uning agenti Mino Rayolaga 40 million, otasiga esa 20 million evro gonorar to‘lashi kerak bo‘ladi.
Manchesterliklar yozni kutmasdan bu transferni yanvardayoq hal qilmoqchi. Ular bu ish uchun jami 210 million evro tikishga tayyor. Bu summadan 118 millioni “Borussiya”ga to‘lanadigan badal puli hisoblanadi.
Shuningdek, “Manchester Yunayted” Xolandning o‘ziga bir mavsum uchun 25-30 million evro miqdorida maosh taklif qilyapti.

Fikrlar