
“Manchester Yunayted” fanati Grilishni urdi
“Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” uchrashuvidan keyin “shaharliklar” yulduzi Jek Grilish bilan bog‘liq xunuk voqea yuz berdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, “Old Trafford” stadionining tonnelida mezbonlar muxlislaridan biri o‘z oldiga Angliya terma jamoasi futbolchisi hisoblangan Jek Grilishni chaqirdi. O‘rtada tortishuv chiqdi va fanat futbolchining yuziga shapaloq tortib yubordi.
Bu voqeadan oldin “Yunayted” fanatlari raqib fubolchisi Fil Foden va uning onasini haqorat qilib, turli luqmalar tashlagan edi.
Grilishga qo‘l ko‘targan fanat 20 yoshli yigit ekan va u politsiya tomonian qo‘lga olindi. Endi mushtumzo‘r bezori Manchester sudida qilmishiga javob beradi.
Fikrlar