
"Manchester Yunayted" futbolchisi klub EChLda chempion bo‘lishiga ishonmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Fred jamoasi joriy mavsum Evrokubokda zafar qucha olishiga ishonmoqda.
Manchesterliklar bitta front - Angliya Kubogidan chiqib ketganidan so‘ng Chempionlar ligasiga ko‘proq e’tibor berishi kutilyapti. Fred esa, chempionlikka ishonmoqda.
"Biz uchun eng muhimi sovrin qo‘lga kiritish instinktini qaytarib olish. Biz hali EChL bosh sovrini uchun kurashamiz. Premer-ligada ham yuqoriroq o‘rinni egallashimiz kerak",-dedi braziliyalik yarim himoyachi.
Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" 2017 yildan beri sovrin yuta olmayapti. Rangnik shogirdlari Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar