"Manchester Yunayted" futbolchisi O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi

  • 28.04.2023 18:20
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag vinger Alexandro Garnachoni U-20 Jahon chempionatiga yuborishdan bosh tortdi. 

"Yo‘q, biz Garnachoni jahon chempionatiga qo‘yib yubormaymiz. Ertaga u har doimgidek mashg‘ulotlarni davom ettiradi. Shundan so‘ng uni qachon jamoa bilan mashg‘ulotlarga va to‘liq o‘yinlarga qaytarish mumkinligini ko‘ramiz", - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.

Garnacho joriy mavsumda premer-ligada ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. 

Eslatib o‘tamiz, Argentina mezbonlik qiladigan 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlar bilan bitta guruhdan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!