"Manchester Yunayted" futbolchisi Qozog‘iston klublariga taklif etildi

  • 02.02.2026 22:25
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Angliyaning "Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Odion Igalo Qozogʻiston klubiga koʻchib oʻtishi mumkin.

Xabarlarga koʻra, nigeriyalik forvardning vakillari uning xizmatlarini Qozogʻistonning bir nechta klubiga taklif qilgan. "Aktobe", "Qaysar" va "Tobol" klublari shular jumlasidan. Biroq, sobiq MYu futbolchisining qozok klubiga koʻchib oʻtish ehtimoli juda past. Chunki uning agenti katta maosh talab qilmoqda. Igalo shu vaqtgacha, "Udineze", "Granada", "Uotford" va "Manchester Yunayted" klublarida, shuningdek Xitoyning "Changchun Yatay" va "Shanxay" klublarida oʻynashga ulgurgan. 

Maʼlumot uchun, 36 yoshli forvard Nigeriya terma jamoasi safida 37ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!