«Manchester Yunayted» Germaniya terma jamoasi himoyachisini transfer qilishi mumkin

  • 10.08.2026 14:35
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» Germaniya terma jamoasi va «RB Leyptsig» tarkibida o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi David Raumga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mankunianliklar avvalroq «Nyukasl Yunayted» himoyachisi Lyuis Xollni o‘z safiga qo‘shib olishga urinagan, ammo bu transfer amalga oshmagani sabab Raum asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

 

O‘tgan mavsumda Raum barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Futbolchining «RB Leyptsig» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!