"Manchester Yunayted" hujumchisi "Sheffild"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 17 dekabr, 2020, 15:32
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani katta ehtimol bilan APL doirasidagi "Sheffild Yunayted"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher ma’lum qildi.

"Edinson so‘nggi vaqtlarda jarohatidan yaxshi tiklanmoqda, biroq biz uning sog‘ligi borasida tavakkal qilmoqchi emasmiz. Uni maydonga tushirishga hali erta. O‘ylashimcha, Kavani "Sheffild"ga qarshi o‘ynamaydi", -dedi Sulsher o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Sheffild Yunayted" - MYu uchrashuvi bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!