
"Manchester Yunayted" Iqbolni 1 million evroga sotib yubordi
Iroqlik yarim himoyachi Zidan Iqbol "Manchester Yunayted"dan "Utrext"ga ko‘chib o‘tdi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi Niderlandiya klubi bilan 4 yillik shartnoma imzolangan. Mankunianliklar esa ushbu transferdan deyarli million evro ishlab olishadi. Bundan tashqari ular Iqbolning navbatdagi sotuvidan tushgan daromaddan ham ulushga ega bo‘lishadi.
Ma’lumot uchun, Zidan Iqbol asli “Manchester Yunayted” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013 yildan buyon ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar