"Manchester Yunayted" jamoa to‘purari bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

  • 10 aprel, 2023, 17:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Markus Reshford "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, hujumchi "Old Trafford"da hamma narsadan mamnun va jamoaga yordam berishda davom etishga tayyor.

Tecno

Yaqin orada tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar kirishadi. 25 yoshli futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi muddati 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Angliyalik 2016 yilning yozidan buyon mankunianliklar safida to‘p surmoqda.

Reshford joriy mavsum APLda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 4 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!