"Manchester Yunayted" katta ishga qo‘l urmoqda

  • 25 yanvar, 2024, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rahbariyatini katta transferga ko‘ndirdi.

Niderlandiyalik mutaxassis himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun “Bavariya” vakili Matteys de Ligtni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, Erik ten Xag hamyurtining iqtidorini yuqori baholayapti va bu transferni yozda amalga oshirilishini istayapti.

Matteys de Ligt Erik ten Xagning qadrdon shogirdlaridan hisoblanadi. Ular bir paytlar Niderlandiya chempionatida “Ayaks” jamoasida bir necha mavsum davomida birga ishlagan.

“Bavariya” Matteysni 2022 yilning yozida “Yuventus”dan 67 million evro evaziga transfer qilgan edi. Himoyachining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!