
“Manchester Yunayted” katta o‘zgarish qiladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsherning transfer maqsadlari o‘zgardi.
Ma’lumotlarga qaraganda, manchesterliklar Jeydon Sancho transferidan voz kechadi. Hujumkor futbolchi Amad Diallo olib kelinganidan keyin “Borussiya” yarim himoyachisi xizmatlariga ehtiyoj qolmadi.
Sulsher Sanchoning o‘rniga to‘purar hujumchi va markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Xususan, bosh murabbiyga o‘z hamyurti Erling Xoland kerak. MYu 100 million evrolik bu transferni amalga oshirish istagida.
Shuningdek, klub rahbariyati transfer summasi 83 million evroni tashkil qilayotgan “”Sevilya” markaziy himoyachisi Jyul Kundeni olib kelishga ham qarshi emas.
Bundan tashqari, agar yozda Pol Pogba klubni tark etadigan bo‘lsa, Manchesterga “Aston Villa” etakchisi Jek Grilish yoki “Vest Xem” yulduzi Deklan Rays taklif etiladi.
Fikrlar