
“Manchester Yunayted” yozga asosiy transferlarni belgiladi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari yozgi transfer vaqtida qaysi pozitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatma oldi. Jamoaga yangi hujumchilar, yarim himoyachilar va markaziy himoyachi kerak, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, yozda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Erik ten Xag kelasi mavsum unga qaysi pozitsiyalarga yangi o‘yinchilar kerak bo‘lishini belgilab bergan.
Niderlandiyalik murabbiy “Manchester Yunayted”da “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn, “Brayton”ning universal futbolchisi Iv Bissuma, “Vest Xem” yarim himoyachisi Deklan Rays va “Ayaks” himoyachisi Yurren Timber to‘p tepishini istamoqda.
Fikrlar