"Manchester Yunayted" Kazemiroga o‘rinbosar topdi

  • 17 noyabr, 09:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Orelen Chuameni "Manchester Yunayted"ning transfer nishoniga aylandi.

Tecno

"Qizil iblislar" Kazemiro o‘rniga o‘yinchi qidirmoqda. Braziliyalik xavbek maoshi qisqargan holda shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lishi ehtimoldan yiroq.

"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, Chuameni ingliz grandining ustuvor varianti sifatida belgilangan. Biroq fratsiyalik futbolchining Manchesterga o‘tishga qanchalik qiziqishi noma’lum.

Transfermarkt portali Chuamenining qiymatini 75 million evroga baholamoqda. Bu mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi Xabi Alonso jamoasida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!