"Manchester Yunayted" Kazemiroga o‘rinbosar topdi

  • 25.02.2026 12:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" Kazemiroga o‘rinbosar izlashda davom etmoqda. Braziliyalik futbolchi bu yozda klubni erkin agent sifatida tark etadi.

"GiveMeSport" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" "Nottingem Forest" yarim himoyachisi Ibraim Sangarega qiziqish bildirmoqda. Rahbariyat fikricha, u ketayotgan 34 yoshli futbolchining o‘rnini bosa oladi. Manbaning xabar berishicha, mankunianliklar yarim himoyasini kamida ikkita tajribali futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" Sangarening qiymatini 22 million yevroga baholamoqda. 28 yoshli yarim himoyachining "o‘rmonchilar" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!