“Manchester Yunayted” Kazemiroga o‘rinbosarlarni saralab, uch nafarini qoldirdi

  • 26.03.2026 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” mavsum yakunida klubni tark etishi kutilayotgan yarim himoyachi Kazemironing o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan uch nafar futbolchini tanladi.

Bu haqida Daily Mail xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchining o‘rniga asosiy nomzodlar — “Nyukasl”dan Sandro Tonali, “Nottingem Forest”dan Elliot Anderson va “Kristal Pelas”dan Adam Uorton hisoblanadi.

Takidlanishicha, agar Manuel Ugarte jamoani tark etsa,  manchesterliklar yana bir nafar yangi yarim himoyachi qidirishni boshlaydi.

“Yunayted” sport bo‘limi vakillari nishondagi futbolchilarni olish uchun Angliya chempionatidagi boshqa klublar, jumladan “Manchester Siti” bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!