"Manchester Yunayted" Keyn uchun taklif tayyorlamoqda

  • 30 mart, 2023, 21:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida yangi hujumchi sotib olmoqchi. Asosiy da’vogar sifatida Xarri Keyn nomi tilga olinmoqda.

Tecno

"The Mirror" nashri berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" 29 yoshli futbolchi uchun 80 million funt sterling to‘lamoqchi. Jamoa unga muqobil variant sifatida Kolo-Muanini ham kuzatib bormoqda. 

"Tottenxem" Keynni qo‘yib yuborishni xohlamaydi. Klubning muhim o‘yinchilaridan hisoblangan Xarrining amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Agarda jamoa u bilan yangi bitim borasida kelishib olmasa, londonliklar mavsum so‘nggida hujumchisi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!