
“Manchester Yunayted” kutayotgan darvozabon bittada ettita gol o‘tkazdi
“Manchester Yunayted”ning eng muammoli pozitsiyalaridan biri darvozabon masalasi hisoblanadi.
David de Xea va Din Xenderson anchadan beri joy talashib keladi. Serxio Romeroga “non” tegmagani bois klubni tark etdi. Uning o‘rnini yana bir tajribali posbon Tom Xiton to‘ldirdi.
Endi manchesterliklar “Lids” darvozaboni Ilan Meleni olib kelmoqchi. Klub rahbariyati premer-liga doirasida “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda Melening harakatlarini kuzatish uchun bu bahsga skautlar boshlig‘i Jim Loulor va darvozabonlar bo‘yicha mutaxassis Toni Kotonni jo‘natdi.
Qizig‘i, 21 yoshli Mele qo‘riqlagan darvoza tomon 15 marta zarba yo‘llandi. Ularning deyarli teng yarmi – ettitasi gol bo‘ldi.
Fikrlar