"Manchester Yunayted" Maykl Kerrikni qachon ishdan bo'shatishi ma'lum bo'ldi
Murabbiy kelajagi so‘roq ostida.
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, ingliz mutaxassisining klubdagi istiqboli jiddiy xavf ostida qolgan. «MYu» direktorlar kengashi jamoaning so‘nggi natijalari va o‘yin sifatiga qoniqmayapti. Yaqin kunlarda «Lids», «Komo» va «Bornmut»ga qarshi uchrashuvlar Kerrik taqdiriга aniqlik kiritishi mumkin. Ushbu seriyadagi so‘nggi o‘yin 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozircha «Manchester Yunayted» Angliya premyer-ligasi jadvalida 6 ochko jamg‘argan holda 13-o‘rinni egallab turibdi. Kecha, 13 oktyabr kuni «qizil iblislar» Chempionlar ligasida «Atletiko»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar