
“Manchester Yunayted” Mourino nishonidagi o‘yinchini olish shartlarini aytdi
“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik himoyachisi Diogu Dalot bir necha klublar, xususan, “Roma” va “Barselona” nishonila turibdi.
Joze Mourino o‘zi bilan ishlagan himoyachini anchadan beri Rimga olib kelishga harakat qilyapti.
Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, klub bu himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Chunki Erik ten Xag bu o‘yinchi o‘rnida “Norvich” vakili Maksimilian Aaronsni o‘ynatmoqchi. Agar bu transfer o‘xshasa, manchesterliklar Dalotni qo‘yib yuboradi.
Diogu Dalot “Manchester Yunayted”da 2018 yildan beri to‘p tepmoqda. Orada bir mavsum ijara asosida “Milan”da to‘p tepdi.
Fikrlar