"Manchester Yunayted" mutasaddilari "Barsa" himoyachisiga aloqaga chiqdi

  • 24.08.2026 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona»ning yosh chap qanot himoyachisi Alehandro Balde «Manchester Yunayted»ning transfer ro‘yxatida qolmoqda.

22 yoshli futbolchining jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar so‘nggi kunlarda yanada kuchaydi. Shu xabarlar ortidan «Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Baldeni La Liganing yakshanba kunigi uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritmadi. Murabbiy futbolchiga «uyda qolib, boshini aniqlab olishni» tavsiya etgani aytilmoqda.

Ishonchli manba sifatida tanilgan insayder Fabrizio Romano ma’lumoticha, «Manchester Yunayted» vakillari allaqachon Baldening agenti Jorje Mendes bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer shartlari bilan qiziqishgan. 

Transfermarkt portali ispaniyalik himoyachining bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!