
"Manchester Yunayted" muxlislari uchun "zo‘r" xushxabar bor!
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr bu mavsumda boshqa maydonga tushmasligi mumkin.
Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, jamoa sardori tizzasidan olgan jarohati tufayli bir necha haftani o‘tkazib yuborishi va natijada Angliya chempionatining qolgan to‘rtta uchrashuvida ishtirok etolmasligi mumkin.
"Manchester Yunayted"ni esa oldinda "Chelsi", "Brentford", "Brayton" va "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinlar kutmoqda.
Maguayr joriy mavsum premer-ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Fikrlar