Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Manchester Yunayted"ni menga beringlar!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U jamoani ko'taradi

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Ule Gunnar Sulsher ingliz klubiga ehtimoliy qaytishi masalasiga munosabat bildirdi.

Uning taʼkidlashicha, agar jamoaning hozirgi ustozi Maykl Kerrik yana oʻn yil davomida yaxshi ishlab, shundan soʻng ketishga qaror qilsa va klub rahbariyati Sulsherga ikki oyga jamoani boshqarib turishni taklif etsa, u bunday imkoniyatdan voz kechmaydi.

«Bu klubda 18–19 yil umrim oʻtgan, shu bois men uchun u oiladek. Lekin hozir bu haqida oʻylayotganim yoʻq.

Shu bilan birga, oʻzimni bu yerda hali tugallanmagan ishlarim bordek his qilaman. Albatta, yana shunday imkoniyatga ega boʻlish juda yoqimli boʻlar edi», — deya taʼkidlagan Sulsher TV 2 bilan suhbatda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, mavsum boshidagi omad­siz natijalar tufayli Maykl Kerrik yaqin vaqt ichida ishdan boʻshatilishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q