
"Manchester Yunayted" niderlandiyalik hujumchi bilan muzokaralarni boshladi
"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida o‘z tarkibiga "Bolonya" a’zosi Joshua Zirkzeni qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Fabritsio Romano xabar berishicha, futbolchining agenti klub bilan muzokaralarni boshlagan. Uning o‘zi esa bor e’tiborini "Evro-2024"ga qaratganligi sababli, bu trnansfer biroz kechikishi mumkin. Agarda 23 yoshli staryker bilan "qizil iblislar" kelishib olsa, unda jamoa Italiya klubiga 40 million evro o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.
Zirkze yakuniga etgan mavsum "Bolonya" tarkibida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta golda ishtirok etgan bo‘lsa-da, Ronald Kuman unga terma jamoada ko‘p imkoniyat bergani yo‘q. Futbolchi Niderlandiya uchun "Evro-2024"da 3 daqiqa o‘ynagan xolos.
Fikrlar