“Manchester Yunayted”: Ochko‘zlik qilma!

  • 14.06.2025 08:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Transfer huquqi Italiya chempioni “Napoli”ga tegishli bo‘lgan Viktor Osimxen faoliyatining keyingi bosqichi uchun o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.

Ayni paytda “Manchester Yunayted” nigeriyalik to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun ish boshlagan va muzokaralar davom etmoqda.

The United Stand nashrining yozishicha, manchesterliklar rahbariyati Osimxenga ultimatum qo‘ydi. Unga ko‘ra, Viktor Osimxen haqiqatan “Manchester Yunayted”da o‘ynash istagi borligini ko‘rsatishi va maosh masalasidagi talablarini pasaytirishi shart.

Viktor Osimxen o‘tgan yili “Chelsi”ga o‘tishga yaqin kelgandi. Biroq uning molyaiviy talablari “aristokratlar”ga to‘g‘ri kelmadi. Yaqinda esa, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi o‘zaro kelishuvdan keyin ham Osimxenning talablari oshib borayotgani uchun u bilan muzokaralarni to‘xtatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
14/06/2025 11:40
Коратойир, димоги баландку. Качан кузи тояркина бу Осимхендт