“Manchester Yunayted” omadsiz murabbiyni olib kelmoqchi

  • 22 aprel, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rniga boshqa mutaxassis qidiryapti.

Tecno

Niderlandiyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa barqaror o‘yin namoyish qila olmayapti. Shu bois, klub jamoani boshqa ustozga topshirmoqchi.

Jurnalist va insayder Georg Xoltsnerning ma’lum qilishicha, manchesterliklar jamoani boshqarish taklifi bilan “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxelga murojaat qilgan.

Myunxen superklubi germaniyalik murabbiy qo‘l ostida Bundesliga chempionligini qo‘ldan chiqardi. Tuxelning omadsizligi shundaki, “Bavariya” 2013 yildan beri uzluksiz davom etib kelayotgan chempionlikdan aynan uning davrida ayrildi.

Bu gal Xabi Alonso ustozlik qilayotgan “Bayer” Bundesliga bosh sovrinini muddatidan oldin o‘ziniki qildi.

Tuxel mavsum yakunlanishi bilan klubni tark etadi. “Bavariya” ham jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni boshlab yuborgan.    

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!