
“Manchester Yunayted” o‘yinchilari Ronaldudan norozi
“Manchester Yunayted”ning aksariyat yosh o‘yinchilari jamoaning eng yorqin yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan chiqisha olmayapti.
The Athletic nashrining xabar berishicha, futbolchilarga portugaliyalik to‘purar yaqinda bergan intervyusida yosh o‘yinchilarni tanqid qilgani yoqmagan.
“Yunayted” yoshlari Ronaldudan ko‘ra Edinson Kavani bilan ko‘p muloqot qilib, undan ko‘p narsa o‘rganmoqda. Urugvaylik hujumchi ingliz tilini Ronalduchalik o‘zlashtirmagan bo‘lsa-da, jamoadoshlari orasida aynan uning hurmati baland.
Jahon futbolida bir necha takrorlanmas rekordlarni qayd etgan Ronaldu yana Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchi. U bu maqsadini amalga oshirish orqali “Real” afsonasi Fransisko Xento kabi qit’aning eng nufuzli turnirida olti marotaba g‘olib chiqib, rekordni yangilashni rejalashtirgan.
Fikrlar