"Manchester Yunayted" oʻz futbolchisini yarim himoyachiga almashtirmoqchi

  • 19.03.2026 13:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Uilfred Ndidi Turkiyaning "Beshiktosh" klubidagi oʻyinlari orqali "Manchester Yunayted" eʼtiborini tortdi. Bu haqida "Sporx" nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, “qizil iblislar” 29 yoshli yarim himoyachini arzonroq narxda sotib olish uchun almashuv variantini koʻrib chiqmoqda. Unga koʻra, manchesterliklar oʻz darvozaboni Altay Bayindirni ushbu transferga qoʻshishi mumkin.

Joriy mavsumda Ndidi barcha musobaqalarda 24 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning "Beshiktosh" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar moʻljallangan.

Transfermarkt portaliga koʻra, futbolchining bozor qiymati 10 million yevro atrofida baholanmoqda.

Maʼlumot uchun, Ndidi uzoq yillar Angliyada toʻp surgan — u 2017 yildan 2025 yilgacha "Lester" sharafini himoya qilgan va faqat oʻtgan yozda Turkiyaga koʻchib oʻtgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!